
Jahon Chempionati saralashining ikkinchi bosqichi o'yinlari 11 iyun kuni start olsa-da, birinchi turda Mirjalol Qosimov shogirdlari dam oladi. Ushbu vaziyatdan foydalanib, O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Eron terma jamoasiga qarshi, 11 iyun sanasida Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish borasida kelishuvga erishdi.
O'zbekiston saralash bosqichidagi dastlabki uchrashuvini 15 iyun kuni, Shimoliy Koreyaga qarshi safarda o'tkazadi.