O'zbekiston terma jamoasi o'zining 70-mag'lubiyatini qabul qilib oldi

Narzulla Saydullayev
27 may 2014, 21:29
Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi o'zining 219-rasmiy uchrashuvini o'tkazdi.
Ummonga qarshi bahsda vakillarimiz 0:1 hisobida mag'lub bo'lishdi. Ushbu mag'lubiyat terma jamoamiz uchun 70-mag'lubiyat bo'lib tarixda qoladi.

Ayni paytda O'zbekistonning ko'rsatkichlari quyidagicha: 219ta o'yin, 102 g'alaba, 47 durang, 70 mag'lubiyat. To'plar nisbati: 408-264.

Takidlash lozimki, O'zbekiston Ummonga qarshi to'rtinchi bor maydonga tushdi va uchinchi bor mag'lub bo'ldi. 2001 yil JCH-2002 saralashi doirasida Toshkentda kechgan bahsda vakillarimiz yirik 5:0 hisobida g'alaba qozonishgan. Ummondagi o'yinda mezbonlar 4:2 hisobida zafar quchishgan. 2008 yil Maskat shahrida tashkil etilgan o'rtoqlik uchrashuvida Ummon 2:0 hisobida g'olib bo'lgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia