

3 sentyabr kuni Toshkentning "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadigan O'zbekiston - Yaman uchrashuvini Janubiy koreyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Uchrashuv bosh hakami - Li Min Xu bo'lsa, unga qanotlarda Choy Min Byong hamda Kim Yun Ga yordam berishadi. To'rtinchi hakam - Chorimurod Qurbonov (Turkmaniston). Uchrashuv nazoratchisi Muhammad Hamad Alsovayl (Saudiya Arabistoni). Komissar - Ahmad Shahir (Maldiv).
8 sentyabrda o'tkaziladigan Filippin - O'zbekiston uchrashuvida esa avstraliyalik hakamlar ishlaydi.
Bosh hakam - Peter Grin, qanot hakamlari - Bred Hobson va Metyu Chiyzmen. To'rtinchi hakam - Suayzi Shukri (Malayziya). O'yin nazoratchisi Antoniy Jon D'Kosta (Hindiston). O'yin komissari - Salikin Sarkavi (Singapur).



