O'zbekiston terma jamoasi lagerini bir futbolchi tark etadi

Абдулвосит Бектемиров
20 yanv 2024, 18:16
Osiyo kubogida ishtirok etayotgan terma jamoamiz tarkibiga kiritilagn va ayni damda Dohada bo'lib turgan milliy jamoamiz a'zosi terma jamoa lagerini tark etmoqda.

O'zbekiston terma jamoasi va Turkiyaning "Rizespor" klubi a'zosi Husniddin Aliqulov ertaga terma jamoamiz lagerini tark etadi. Osiyo kubogida jarohati sababli ishtirok etmayotgan futbolchimiz Doha shahrida tiklanish jarayonini olib borayotgan edi. Husniddin Aliqulov ertaga Turkiyaga jo'nab ketadi va "Rizespor" klubi ixtiyoriga qo'shiladi.

Aliqulovga saytimiz va barcha muxlislar nomidan sog'liq tilaymiz.


O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia