

Soat 11:00da boshlanadigan tadbirning birinchi qismida O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan va futbolchilardan biri OAV vakillari savollariga javob qaytaradi.
Shundan so'ng 11:30da Suriya ustozi Ayman Al Hakimv va yetakchi futbolchilardan biri jurnalistlar bilan muloqotga kirishadi. Bu haqda O'FF matbuot xizmati xabar tarqatdi.
O'zbekiston – Suriya uchrashuvi oldidan tashkil etiladigan matbuot anjumaniga OAV vakillarini taklif etamiz.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Suriya uchrashuvi 1 sentyabr kuni “Bunyodkor” stadionida soat 20:00da boshlanadi.



