O'zbekiston Superkubogi-2015: O'yindan oldingi matbuot anjumani 7 mart kuni bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
5 mar 2015, 18:43
Paxtakor hamda Lokomotiv klublari o'rtasidagi O'zbekiston Superkubogi o'yinidan oldingi matbuot anjumani 7 mart kuni O'FF anjumanlar zalida bo'lib o'tadi.
Har ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokidagi matbuot anjumani soat 11:00da boshlanadi.

Dastlab, 11:00da jurnalistlarning savollariga Lokomotiv bosh murabbiyi va futbolchisi javob beradi, 11:20da esa Paxtakor vakillari ishtirokidagi matbuot anjumani boshlanadi..

Eslatib o'tamiz, Paxtakor va Lokomotiv klublari o'rtasidagi O'zbekiston Superkubogi uchun bahs 8 mart kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkentdagi Bunyodkor stadionida soat 14:00da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz