O'zbekiston so'nggi bor mehmonda Qirg'iz Respublikasiga qarshi qanday natija qayd etgan?

Iskandarov Abdulaziz
10 sen 2024, 08:10
"Oq bo'rilar" bugun Jahon chempionati saralash bosqichida navbatdagi uchrashuvida maydonga chiqadi.

Shu paytgacha O'zbekiston terma jamoasi faqat bir marotaba rasmiy maqomda Qirg'iz Respublikasi bilan kuch sinashgan. JCH-2014 saralash bosqichini terma jamoamiz qo'shnilarimizga qarshi boshlagandi. Bishkekdan esa 3-0 hisobida g'alaba bilan ortga qaytganmiz. 


JCH-2014 saralash bosqichi. 

28.07.2011.  Bishkek. Dolen Omurzakov stadioni. 

Qirg'iz Respublikasi - O'zbekiston 0-3 

Gollar: Viktor Karpenko 47, Bahodir Nasimov 65, 90

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia