O'zbekiston OTJ Farg'onada katta tantana bilan kutib olindi

Tolibjon Qosimov
22 mar 2018, 14:25
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun Keniyaga qarshi o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazish uchun Farg'ona shahriga yo'l olgandi.

Kunning ikkinchi yarmida Ravshan Haydarov boshchiligadi olimpiya terma jamoasi a'zolari Farg'onaga yetib borishdi. Futbolchilarni Farg'ona viloyati futbol federatsiyasi mas'ullari, yosh sportchilar, mahalliy ishqibozlar va OAV vakillari katta tantana bilan kutib olishdi.  

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi vakillari Farg'onadagi “Asia” mehmonxonasiga joylashishdi. Ular bugundan mashg'ulotlarga kirishishadi.


Eslatib o'tamiz, Keniya OTJga qarshi O'zbekiston olimpiya terma jamoasining 1-o'rtoqlik uchrashuvi 23 mart kuni Andijon shahridagi “Sog'lom avlod” stadionida, ikkinchi o'yin esa Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida soat 20:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com