O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ertadan poytaxtimizda yig'inga kirishadi (+futbolchilar ro'yxati)

Eldor Akmurzayev
7 yanv 2020, 20:15
Oldin xabar berganimizdek, sentyabr-oktyabr oylarida Bahraynda U-16 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi mazkur musobaqaga tayyorgarlik doirasida bir qator xalqaro musobaqa va o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushadi.

Jumladan, 19-25 yanvar kunlari oralig'ida Belarus poytaxti Minsk shahrida 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida xalqaro musobaqa o'tkazilishi va unda terma jamoamiz ishtirok etishi haqida oldinroq ma'lumot bergan edik.

Mazkur musobaqa oldidan Azamat Abduraimov shogirdlari Toshkentda yig'in o'tkazadi. Yig'in 8 yanvardan start oladi va 17 yanvarga qadar davom etadi. So'ngra terma jamoamiz Belarusga yo'l oladi. 

Yig'inga jalb etilgan futbolchilar ro'yxati: 

#Ism-familiyasiTug'ilgan sanasiAmpluasiJamoasi
1.Husan Mahmudov2004DarvozabonPaxtakor
2.Beknur Parmonov2004DarvozabonNasaf
3.Asrol Kenjaev2004DarvozabonSpartak
4.Umar Rustamov2005Darvozobon         Spartak
5.Azizjon Toshkenboev2004HimoyachiOktepa
6.Vazgen Pogosyan2004HimoyachiPaxtakor
7.Sunnatilla Poyonov2004HimoyachiPaxtakor
8.Kirill Todorov2004HimoyachiPaxtakor
9.Aleksandr Zevadinov2004HimoyachiBunyodkor
10.Mirkamol Saidmuratov2004HimoyachiNasaf
11Mirkamol Abdurazzoqov2004HimoyachiPaxtakor
12.Muxriddin Pazildinov2004Yarim himoyachiPaxtakor
13.Abduqodir Husanov2004Yarim himoyachiBunyodkor
14.Alisher Xayrullaev2004Yarim himoyachiNasaf
15.Asad Qaxxorjonov2004Yarim himoyachiBunyodkor
16.Diyor Inomov2004Yarim himoyachiSpartak
17.Nodir Abdurazzoqov2004Yarim himoyachiChirchiq OZK
18.Ziyod Hamzaev2005Yarim himoyachiPaxtakor
19Abdulla Omonaliev2005Yarim himoyachiSpartak
20.Tohir To'xtasinov2004Yarim himoyachiBunyodkor
21.Sardor Xojiboev2004HujumchiPaxtakor
22Rustam Turdimurodov2004HujumchiPaxtakor
23.Shahzod Akramov2004HujumchiNasaf
24.Obloyor Rahmatov2004HujumchiNeftchi
25Sarvar Bahodirov2004HujumchiYashnobod


“A” guruhi: Belarus, Finlandiya, Belgiya, O'zbekiston.

 

1-tur

19 yanvar

Belarus – O'zbekiston

 

2-tur

21 yanvar

Belgiya – O'zbekiston

 

3-tur

23 yanvar

O'zbekiston – Finlandiya

 

25 yanvar

5-o'rin uchun o'yin

3-o'rin uchun o'yin

Final

 Musobaqaning barcha uchrashuvlari Minskdagi futbol manejida o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати