O'zbekiston – O'mon. Chiptalar narxi qancha?

Sherzod Nurmatov
10 iyun 2023, 11:07
Ertadan boshlab O'zbekiston terma jamoasi "CAFA Nations Cup" turniridagi ishtirokini boshlaydi.

Ilk raqib O'mon terma jamoasiga qarshi uchrashuv "Bunyodkor" stadionida soat 20:30 da boshlanadi. 

Ko'pchilik muxlislarni qiziqtirayotgan chiptalar masalasiga kelsak, mazkur bahsga chiptalar iticket.uz platformasida sotuvga chiqarilgan. Chiptalar narxi toifalarga bo'lingan holda 25 000 so'mdan 200 000 so'mgacha etib belgilangan. 

Ma'lumot uchun, O'zbekiston milliy terma jamoasi so'nggi bor "Bunyodkor" stadionida 2021 yil mart oyida Iroq (0:1) bilan o'yin o'tkazgan. Srechko Katanets boshqaruvida vakillarimiz Toshkentda faqat 2 ta uchrashuv o'tkazib ulgurdi – Rossiya (1:1), Qozog'iston (2:0).

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia