O'zbekiston MTJ Turkmanistonga qarshi bahsdan oldingi rasmiy mashg'ulotni o'tkazdi. Abbos Fayzullayev intervyu berdi
Narzulla Saydullayev
5 iyun 2024, 19:43
Srechko Katanets boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Turkmaniston bilan o'yindagi oldingi rasmiy mashg'ulotni "Jar" stadionida o'tkazdi.
Yomg'ir ostida o'tgan mashg'ulotda yig'inga chaqirilgan barcha futbolchilar ishtirok etishdi. Mashg'ulotdan avval Abbos Fayzullayev jurnalistlar savollariga javob berdi.