O'zbekiston MTJ. Noyabr oyidagi yig'inga "Surxon" futbolchisi ham chaqirildi
Narzulla Saydullayev
25 okt 2019, 19:54
O'zbekiston terma jamoasi 2 noyabr kuni Toshkentda yig'in boshlashi haqida xabar berdik.
Mazkur yig'inga Vadim Abramov "Surxon" yarim himoyachis Abrorbek Ismoilovni ham chaqirgan. 1998 yilda tug'ilgan futbolchi bunga qadar faqat O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yig'inida ishtirok etardi.