O'zbekiston milliy terma jamoasi o'yini bekor qilindi

Narzulla Saydullayev
13 iyul 2016, 21:00
2018 yil Rossiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi o'quv-mashg'ulotlarini Avstriyada o'tkazmoqda.

Yig'in davomidagi ilk o'rtoqlik uchrashuvi bugun – 13 iyul kuni bo'lib o'tishi kerak edi. Futbolchilarimiz Chexiyaning "Yablonec" klubiga qarshi maydonga tushishlari reja qilingandi. Ushbu uchrashuv, Avstryaning Enbax shahrida bo'lib o'tishi va mahalliy vaqt bilan 18:00da (Toshkent vaqti bilan 21:00da) boshlanishi kelishib olingan edi.

Ammo qattiq yomg'ir tufayli o'yin bekor qilindi.

Klub rasmiy saytida yozishilicha, noqulay ob-havo sharoiti tufayli tomonlar o'zaro kelishgan holda, shu qarorga kelgan.

Nima ham qila olardik, ob-havo bizga pand berdi. Bunday sharoitda uchrashuvni o'tkazish futbolchilar salomatligini xavfda qoldirish demakdir. Aynan shu sabab o'yinni bekor qildik, - deydi "Yablonec" murabbiyi Zdenko Frtala.

Ta'kidlab o'tamiz, “Yablonec” Avstriya yig'ini doirasida Angliyaning nomdor jamoasi “Everton”ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni ham reja qilgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia