Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2014 saralshi, 4-bosqichi 10-turi doirasida Toshkentda Qatar terma jamoasini qabul qildi hamda yirik - 5:1 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvdagi birinchi gol 37-daqiqada Qatar terma jamoasi Abdulqodir Ilyos tomonidan kiritldi va birinchi bo'lim shu tariqa, qatarliklarning g'alabasi bilan yakuniga etdi.
O'yinning ikkinchi bo'limida esa, zahiradan maydonga tushgan Bahodir Nasimov hamda Oleg Zoteevlar ketma-ket raqib darvozasini ishg'ol qilib O'zbekiston terma jamoasini hisobga oldinga olib chiqishdi. Uchrashuvning qolgan daqiqalarida ustunlik Qosimov shogirdlari tomonida bo'ldi va ular Qatar terma jamoasi darvozasini o'yin yakunigacha yana uch marotaba ishg'ol etishdi. Yakuniy hisob - 5:1. O'zbekiston milliy terma jamoasi o'yinda yirik hisobda g'alaba qozonganiga qaramay, kurashni pley-off bosqichida davom ettiradigan bo'ldi. Sababi, guruhdagi parallel uchrashuvda Eron milliy terma jamoasi Janubiy Koreya terma jamoasini 1:0 hisobida mag'lub etgan holda, V guruhi g'olibligini qo'lga kiritdi.
O'zbekiston milliy terma jamoasining pley-off bosqichidagi raqibi 18 iyun, seshanba kuni A guruhidagi Avstraliya - Iroq, Iordaniya - Ummon terma jamoalari o'rtasidagi bahslardan so'ng ma'lum bo'ladi.
JCH-2014 SARALASH. OSIYO. 4-BOSQICH. 10-TUR. A GURUHI.
O'ZBEKISTON - QATAR - 5:1 (0:1)
GOLLAR: Bahodir Nasimov (60, 74), Oleg Zoteev (72), Odil Ahmedov (88), Ulug'bek Baqoev (90+1) - Abdulqodir Adam (37).
O'zbekiston: 12.Ignatiy Nesterov, 5.Anzur Ismoilov, 6.Jasur Hasanov (13.Oleg Zoteev, 69), 8.Server Jeparov (S), 9.Odil Ahmedov, 11.Farhod Tojiev (10.Ulug'bek Baqoev, 46), 15.Aleksandr Geynrix (2.Bahodir Nasimov, 60), 17.Sanjar Tursunov, 18.Timur Kapadze, 19.Vitaliy Denisov, 23.Akmal Shorahmedov.
Qatar: 1. Ahmad Sofiyon, 4.Hamad al-Abidiy (3.Muhammad Kasola, 42), 5.Musab Mahmud (2.Hamid Ismoil, 57), 6.Abdulkarim Hassan, 8.Husayn Ali (10.Xalfan Ibrohim, 31), 11.Hasan al-Haydos, 13.Ibrohim Majid, 14.Ibrohim al-G'anim (S), 15.Talal al-Blushi, 20.Yusuf Ahmad, 23.Abdulqodir Adam.
Ogohlantirishlar: Temur Kapadze (70) - Ahmad Sofiyon (67).
Bosh hakam: Piter Grin (Avstraliya).