O'zbekiston kubogining yangi sohibi 26 oktyabr kuni ma'lum bo'ladi

Narzulla Saydullayev
7 yanv 2019, 10:08
PFL yangi mavsum uchun O'zbekiston kubogining taqvimini e'lon qildi.

Unga ko'ra Kubokning dastlabki bosqichi 30 aprel kuni bo'lib o'tadi. Final uchrashuvi esa 26 oktyabr (shanba) kuniga belgilangan.

Hozircha hal qiluvchi bahs qaysi stadionda bo'lib o'tishi ma'lum emas.

O'zbekiston kubogi-2019 taqvimi:
1/32 final – 30 aprel - 1 may
1/16 final – 19 iyun
1/16 final – 26 iyun
1/8 final - 2-3 iyul
1/4 final - 3-4 avgust
1/2 final - 17-18 avgust
Final - 26 oktyabr


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia