

"Bunyodkor" ikkinchi uchrashuvda ham "Neftchi"ni mag'lub etib (3:1) yarim finalga chiqdi. Farg'onadagi ilk o'yinda "qaldirg'ochlar" 2:1 hisobida zafar quchishgandi.
Yarim finalda Qosimov shogirdlari Samarqandning "Dinamo" klubiga qarshi o'ynashadi. Dastlabki uchrashuv 31 iyul kuni Toshkentda o'tkaziladi.
Ikkinchi yarim final juftligi esa ertaga bo'lib o'tadigan Lokomotiv - Buxoro hamda Qo'qon-1912 - Nasaf uchrashuvlaridan so'ng ma'lum bo'ladi.




