O'zbekiston Kubogi. “Andijon” - “Neftchi” uchrashuvini Tolibjonov boshqarib boradi

Ma'lumki ushbu haftada O'zbekiston Kubogining 1/16 final bosqich o'yinlari bo'lib o'tadi.

“Andijon” jamoamiz 25 mart, shanba kuni o'z maydonida Farg'onaning “Neftchi” jamoasini qabul qiladi. Bo'lajak vodiy derbisini boshqarish toshkentlik hakamlar guruhiga ishonib topshirildi.

O'zbekiston Kubogi 1/16 final bosqichi
Andijon (Andijon) – Neftchi (Farg'ona)
Bosh hakam:
Olim Tolibjonov (Toshkent).
Qanot hakamlari: Farruh Yormuhamedov (Toshkent), Bahodir Bahromov (Toshkent).
Zaxiradagi hakam: Akmal Rahimov (Andijon).
Nazoratchi: Aleksandr Popov (Toshkent).


Manba: fcandijon.uz