O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti va vice-prezidentlari qayta saylandi

Sherzod Nurmatov
30 yanv 2026, 11:47
Ayni paytda Milliy futbol markazida assotsiatsiyaning 2025 yil 22 fevralda o'tkazilgan Navbatdan tashqari Kongress bayonnomasini tasdiqlash jarayoni davom etmoqda.

Shuningdek, 2025 yil moliyaviy ko'rsatkichlarini tekshirish bo'yicha auditorlik hisobotini tasdiqlash, tashkilotning 2025 yilgi faoliyati to'g'risidagi hisobot o'qib eshittirilmoqda. 

Xususan, bugun O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti va vice-prezidentlari qayta saylandi:

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Bahodir Qurbonov o'z lavozimiga qayta saylandi. 

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov o'z lavozimiga qayta saylandi. 

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi vice-prezidenti Odil Ahmedov o'z lavozimiga qayta saylandi.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Ijroiya qo'mitasi a'zoligiga Avaz Karimov, Edita Mirobidova, Foziljon Komilov, Jahongir Usmonov, Oybek Kasimov, Avaz Azizxo'jaev, Bekzod Mamatqulov va Diyor Imomxo'jaev nomzodlari ilgari surildi.  

Endilikda marosimning ikkinchi qismida yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia