

Ushbu o'yin Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tishi haqida xabar bergandik. 18 martdan buyon stadion kassalarida uchrashuvga kirish chiptalari sotilmoqda. Kassada darvoza orti sektorlar 15 ming so'm, markaziy sektorlar esa 20 ming so'mdan sotilmoqda. Bugunga kelib 14 mingdan ziyod chipta sotilgani xabar berildi.
Bugun "Bunyodkor" stadioni chiptalar sotish bo'yicha marketing bo'limi vakili bilan intervyu qilish rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Filippin uchrashuvi 24 mart kuni soat 18:00da boshlanadi.



