O'zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo Kubogi saralash bahslarini yurtimizda o'tkazadi

Eldor Akmurzayev
25 mar 2021, 22:08
Avval xabar berilganidek, ayollar o'rtasidagi Osiyo kubogi saralash turnirini O'zbekistonda qabul qilish bo'yicha O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi OFKga murojaat xati yuborgan edi.

Osiyo futbol konfederatsiyasining yakuniy qaroriga muvofiq ushbu yil 13-25 centyabr kunlari bo'lib o'tadigan Osiyo kubogi saralash bahslari yurtimiz maydonlarida ham o'tkaziladi.

Saralash bosqichida jami 30 jamoa vakillari 8 guruhga bo'lingan holda, chempionatning 8 yo'llanmasi uchun bellashadilar.

Bahrom Norsafarov murabbiyligi ostidagi ayollar milliy terma jamoasi qur'a tashlash marosimida mezbon mamlakatlar savatchasidan o'rin oladi. Qur'a jarayonida O'zbekiston o'z guruhida 2-raqam bilan saralanadi.

Mazkur bosqich uchrashuvlariga O'zbekiston bilan birgalikda Xitoy Taypeyi, Indoneziya, Myanma, Nepal, Falastin, Tailand va Vetnam mamlakatlari mezbonlik qiladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати