

"Ikita muhim o'yin qoldi. Hamma yig'inga sog'-salomat kelishini istaymiz. Kayfiyat a'lo. Hammaga ochko kerak, shu sababli Qirg'iziston bilan oson bo'ladi deb o'ylamayman. Har bir ochko bizni mundialga yaqinlashtiradi. Xudo xohlasa, g'alaba qozonib, Eronga uchib ketamiz.
Imkoniyat o'z qo'limizda va undan foydalanishimiz kerak. Timur Kapadze terma jamoa uchun begona odam emas. Timur aka Katanetsdan boshqa hammani saqlab qolgan va katta o'zgarish bo'ladi deb o'ylamayman", – dedi Otabek Shukurov.



