Otabek Shukurov "Bunyodkor" mashg'ulotlarida

Narzulla Saydullayev
5 iyul 2020
BAAning "Sharja" klubi va O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Otabek Shukurov ayni paytda Toshkentda bo'lib turibdi.

Futbolchi may oyida O'zbekistonga qaytgan va bir muddat Qarshining "Nasaf" klubi mashg'ulotlarida ishtirok etgandi. Hozirgi kunda esa Shukurov sobiq klubi "Bunyodkor" klubi safida mashg'ulotlarda qatnashmoqda. "Bunyodkor" klubi matbuot xizmati olgan quyidagi suratlarda buni ko'rish mumkin.



Ma'lumot uchun, BAAda koronavirus pandemiyasi tufayli chempionat o'yinlari avgust oyiga qadar qoldirilgan edi. Biroq yaqinda bu yilgi chempionat muddatdan avval yakunlangani e'lon qilingandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia