

"O'rtoqlik maqomida bo'lishiga qaramasdan, biz uchun kerakli bahs bo'ldi. Rossiya terma jamoasi kuchli bo'lganiga qaramay, munosib qarshilik ko'rsatdik, deb o'ylayman. Muxlislarimiz qarshisida o'ynaganimiz ham bizga katta kuch bo'ldi. Bunday o'rtoqlik uchrashuvlari biz uchun juda muhim, sababi bu oldinda bizni kutib turgan bahslar uchun asqotadi. Ikkala o'rtoqlik o'yinida ham muxlislarni xursand qilishga harakat qildik. Muhimi, yaxshi kayfiyatda yilni yakunladik", - dedi o'zbekistonlik yarim himoyachi.



