

Bu haqida klub bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi ma'lum qildi.
"Bizda 10 nafarga yaqin jarohat olgan futbolchi bor. Balki sakkiz nafardir. Ammo ikki futbolchimiz aniq o'ynay olmaydi. Ulardan biri - Mitoma. Biz Kaoruni taxminan 4-6 haftaga yo'qotdik.
Yaponiya terma jamoasi bilan Osiyo kubogida ishtirok etish? Menimcha, u katta ehtimol bilan o'ynay olmaydi", - dedi De Dzerbi.
Eslatib o'tamiz, Osiyo kubogi 12 yanvar kuni start oladi.



