Osiyo Kubogi-2015 chempionligi uchun "C" guruhi asosiy da'vogar

Aslanov Jasurbek
8 yanv 2015, 16:31
Yana bir kundan so'ng Avstraliyada Osiyo Kubogi musobaqasi boshlanadi.

Bu turnirning rasmiy sayti hisoblanmish "afcasian.cup" o'quvchilar o'rtasida so'rov o'tkazyapti va unda quyidagicha savol berilgan edi: "Qaysi guruh asozi Osiyo Kubogi-2015 chempioni bo'ladi?". 8 yanvar Toshkent vaqti bilan 16:00gacha berilgan ovozlarga ko'ra, muxlislar chempionlik uchun Eron, BAA, Qatar va Bahrayn terma jamoalari o'rin olgan "C" guruhini asosiy nomzod sifatida ko'rishmoqda. So'rov natijasi quyidagicha ko'rinish oldi:

"C" guruhi (Eron, BAA, Qatar, Bahrayn): 3026ta ovoz

"A" guruhi (Avstraliya, Janubiy Koreya, Ummon, Quvayt): 1798ta ovoz

"D" guruhi (Yaponiya, Iordaniya, Iroq, Falastin): 1028ta ovoz

"B" guruhi (O'zbekiston, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Shimoliy Koreya):  238ta ovoz


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia