Osiyo Kubogi-2015: Brisben shahri va stadioni haqida

Narzulla Saydullayev
14 yanv 2015, 09:53
Avstraliyada bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi bahslaridan oldin barcha shahar va stadionlar haqida alohida ma'lumot bergandik.
Talab va istaklarni inobatga olgan holda Xitoy va O'zbekiston o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadigan Brisben shahri va stadioni haqida ma'lumot beramiz.

Brisben shahri
Brisben Kuinslend shtatining poytaxti va Avstraliyaning yirik 3-shahridir. Ushbu shaharda ham turli savdo va moliyaviy operaciyalar amalga oshiriladi.

Aholisi: 2250000
Tashkil topgan sanasi: 1825 yil may
Hududi: 15826 kv.km.
Shahardan masofa: 733 km Sidney, 945 km Kanberra, 1376 km Melburn, 1602 km Adelaida, 3610 km Pert.
Federal tabaqalari: 17ta

Brisben stadioni aslida “Sankorp Metvey” deb nomlanadi. Uning nomi Osiyo Kubogi paytida shartli ravishda shahar nomi bilan ataladi. Stadion Brisben chekkasidagi Milton mavzesida joylashgan. U Avstraliyadagi eng birinchi qurilgan stadionlardan biridir. 52500 tomoshabinga mo'ljallangan.



“Sankorp Metvey” stadioni
Joylashgan shahri:
Kuinslend
Egasi: Kuinslend hukumati
Sig'imi: 52500
Qurilish davri: 1911-14
Qurilish xarajati: 280 million Avstraliya dollari (qayta qurishlar bilan)
O'tkazilgan yirik tadbirlar: Kuinslend shtati turli sport jamoalari uy stadioni.
 


Behzod Nazarov

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia