Ummonda o'tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadigan 22 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan iborat terma jamoamizga to'xtalsak. Ayni paytda ushbu musobaqada qaysi terma jamoamiz qatnashishi haqida rasmiy ma'lumot yo'q. Bo'lganda ham biror tayyorgarlik ishlari olib borilmayapti. O'tgan yili bo'lib o'tgan saralash bellashuvlarida Aleksey Evstafeev boshchiligidagi o'yinchilar maydonga tushishgandi. Tarkib 1991 va 1992 yillarda tavallud topgan futbolchilardan shakllantirilgandi. Aslida shu yilning yoz faslida bo'lib o'tishi zarur bo'lgan turnirni OFK kelasi yilning yanvar oyiga ko'chirdi. Shundan keyin bu turnirga tayyorgarlik qanday bo'lishi va unda kimning ishtirok etishi mavhum bo'lib qolmoqda. Evstafeev endi yoshlar terma jamoasi bilan Osiyo chempionati saralash bellashuvlariga hozirlik ko'rish bilan band. Yoki yozda Turkiyadagi jahon chempionatida qatnashgan yoshlar terma jamoasi uchun xalqaro maktab vazifasini o'tab berishi maqsadida Ahmadjon Musaev ustozlik qilayotgan terma jamoani unga yuborish mumkin. Biroq boshqalar 2 yosh katta futbolchilar bilan ishtirok etib, bizni dog'da qoldirgan taqdirda navbatdagi musobaqa oldidan reytingdagi o'rnimiz keskin tushib ketishi mumkin. Chunki OFK yoshlar o'rtasidagi turnirlar uchun savatlarni jamoalarning avvalgi chempionatdagi natijalari asosida tuzib chiqadi. Bunday holatda 2016 yil Rio de Janeyroda bo'lib o'tadigan Olimpiadaga saralash vazifasini o'tab beradigan navbatdagi musobaqada o'ta qiyin guruhdan o'rin olish qolishimiz ehtimoli katta bo'ladi. Boshqa tarafdan esa 1991 va 1992 yillarda tug'ilgan futbolchilar bu yil umuman yig'ilishmagan. Qisqasi, “Terma jamoalar markazi” bu masalani imkon qadar tezroq hal etishi darkor. Aks holda, Ummondagi salbiy natija navbatdagi Olimpiadaga borishimizga to'siq qo'yishni boshlaydi. Ehtimol, 1991 yildan keyin turli yillarda tavallud topgan haqiqiy terma jamoa tashkil qilinar. Yani, 1992, 1992, 1993 va 1994 yillarda tug'ilgan eng mahoratli futbolchilarni bir jamoaga jamlab, ikkinchi terma jamoa tashkil etilar. Bu ham ancha foydali bo'lardi, ham jamoa saviyasi yuqoriroq bo'lishi turgan gap.
Ummonda terma jamoamiz guruh o'yinlarini Sib shahrida joylashgan stadionda o'tkazadi. Bu shahar poytaxt Maskatga yaqin. Raqiblardan Iroq jiddiy tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Ular avvalgi oyda Bahraynni 2:0 hisobida dog'da qoldirishdi. Shu oyda Indoneziya, Quvayt va Liviya bilan xalqaro turnirda to'qnash kelishadi. Saudiya Arabistoni terma jamoasi bazi-bazida yig'in o'tkazyapti. Ularda tarkib “Al Ahli” va “Al Ittihod”dan yig'ilgan o'yinchilar evaziga shakllantirilgan. Portugaliyaning “Beyra Mar” va “Leyriya” klublarida o'ynayotgan futbolchilar ham bor. Xitoyning tayyorgarligi haqida biror ma'lumot mavjud emas. Terma jamoamiz 12 yanvarda Xitoy, 14 yanvarda Iroq va 16 yanvar kuni Saudiya Arabistoni bilan to'qnash keladi.
Behzod Nazarov tayyorladi.