

Neapolliklar bosh murabbiyi Luchano Spaletti matbuot anjumanida Osimxen juma kuni A Seriya doirasidagi "Lechche"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi aniqligini aytdi. Shu bilan birga, mutaxassis nigeriyalik futbolchiga Chempionlar ligasi 1/4 finalining "Milan"ga qarshi dastlabki o'yinda maydonga qaytishga ruxsat bergan.
2022/2023 yilgi mavsumda Viktor Osimxen 29 ta o'yinda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi.
Chempionlar ligasi doirasidagi “Napoli” – “Milan” uchrashuvi 12 aprel, chorshanba kuni bo'lib o'tadi.



