"Osasuna" kerakli natija uchun "Betis" futbolchilariga pul taklif qilgan

Aslanov Jasurbek
18 fev 2015, 14:12
"Osasuna" o'tgan mavsum oxirida "Betis"ning ikki futbolchisiga kerakli natija uchun pul taklif qilgan.

Xabarlarga ko'ra, "Osasuna" rahbarlaridan biri Anxel Viskay himoyachilar Antonio Amaya va Xordi Figeras bilan uchrashgan. "Betis"ning "Valyadolid" ustidan g'alabasi va so'nggi turda "Osasuna"ga mag'lub bo'lish uchun futbolchilarga 250 ming evro vada qilingan.

"Bu savollar bo'icha mamlakat professional futbol federatsiyasida gapirib berdim va endi bunga izoh berish niyatim yo'q" - deydi Viskay.

Eslatib o'tamiz, oldinroq "Osasuna" 2,4 mln evro miqdoridagi mablag'ni qaerga sarf etganini isbotlay olmagan edi. Bu pullarning "Osasuna" - "Espanol" uchrashuviga aloqasi borligi gumon qilinmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com