O'runov "Rubin"ga transferi borasida mish-mishlarga munosabat bildirdi

Alisher
13 yanv 2021, 15:38
Moskvaning "Spartak" klubi xavbeki Oston O'runov Qozonning "Rubin" jamoasiga o'tishi mumkinligi borasida gapirdi.

"Spartak"dan ketamanmi? Vaqt ko'rsatadi. "Rubin"? Bu haqda hech narsa eshitmadim", - deydi 20 yoshli yarim himoyachi.

O'runov "Spartak"ga yozgi transferlar oynasida "Ufa"dan o'tgan edi. Tomonlar uzoq muddatli shartnoma imzolashgan.

Oston joriy mavsum Rossiya Premer-ligasi doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: euro-football.ru