

Ushbu yig'inning so'nggi kunida terma jamoa Bekobodning "Metallurg" klubi yoshlariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. "Jar" stadionida bo'lib o'tgan bahsda Abduraimov shogirdlari 3:0 hisobida zafar quchishdi. Behzod G'anijonov ikkita gol urgan bo'lsa, yana bir golga Sharof Muhitdinov mualliflik qildi. .
Ma'lumot uchun, Bahrayndagi Osiyo chempionati guruh bosqichida O'zbekiston yoshlari Xitoy, Avstraliya va Tojikiston bilan kuch sinashadi. Qita birinchiligida yarim finalga chiqqan to'rt jamoa 2017 yil Janubiy Koreyada bo'lib o'tadigan U-20 Jahon chempionatida qatnashadi.



