O'rtoqlik uchrashuvi. "Olmaliq" Qozog'iston klubini yirik hisobda mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
17 yanv 2017, 20:32
Turkiyada yig'in o'tkazayotgan "Olmaliq" klubi bugun ilk o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Raqib Qozog'istonning "Akjayik" klubi bo'ldi. Uchrashuvda Viktor Kumikov boshchiligidagi "Olmaliq" raqibni 3:0 hisobida taslim qilishga erishdi. Gollarni Zabihillo O'rinboev, Alibobo Rahmatullaev va Dilshod Jo'raev raqib darvozasiga yo'llashdi. Bu haqda "Olmaliq" klubi matbuot xizmati saytimizga xabar berdi.


"Olmaliq" - "Akjayik" (Qozog'iston) 3:0
Gollar:
Zabihillo O'rinboev 19, Alibobo Rahmatullaev 64, Dilshod Jo'raev 69

"Olmaliq": Akbar To'raev, Xurshid Muxtorov, Shavkat Mullajonov, Vladislav Kasminin, Islom Inomov, Altimurat Annadurdiev, Dilshod Jo'raev, Igor Yelich, Alibobo Raxmatullaev, Muhammad Isaev, Zabihillo O'rinboev.
Zaxiradan tushganlar: Momichlo Dulovich, Yosip Soljich, Rahmatullo Berdimurodov, Shoxnazar Norbekov, Doniyor Usmonov, Abduqahhor Xojiakbarov, Viktor Klishin, G'ulom Haydar G'ulomov, Xurshid Xodjaev, Azizbek Suyunov, Murod Rajabov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia