O'rtoqlik o'yini. "Napoli" YCHLning amaldagi g'olibini yirik hisobda taslim etdi

Eldor Akmurzayev
28 iyul 2019, 23:20
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan Liverpul Shotlandiyada Napoliga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Bahsda hisob neapolliklar forvardi Lorenco Insine tomonidan ochildi. Keyin esa Arkadiush Milik oradagi farqni ikkitaga etkazdi. Ikkinchi bo'limning boshlarida zaxiradan maydonga tushgan Amin Yunes hisobni yirik ko'rinishga olib keldi. Shu tariqa, Yurgen Klopp shogirdlari ketma-ket to'rtinchi o'rtoqlik uchrashuvida (Borussiya D – 2:3, Sevilya 1:2, Sporting – 2:2) g'alaba qozona olishmadi.


Liverpul – Napoli – 0:3 (0:2)

Murrayfield stadioni.

Gollar: Insine, 17 (0:1). Milik, 29 (0:2). Yunes, 52 (0:3).

Liverpul: Minole, Matip (Lovren, 62), Aleksandr-Arnold (Gomes, 73), Robertson (Xuver, 74), van Deyk (van der Berg, 79), Milner (Dankan, 79), Oksleyd-Chemberlen (Uilson, 62), Xenderson (Lallana, 62), Fabinyu (Lyuis, 79), Vaynaldum (Elliott, 79), Origi (Bryuster, 62).

Napoli: Meret, Manolas (Kirikesh, 46), Mariu Ruy (Gulyam, 46), Maksimovich (Luperto, 61), Di Lorenco (Xyusay, 61), Zelinski, Kalexon, Mertens (Yunes, 46), Verdi (Gaetano, 61), Insine, Milik (Tutino, 74).


O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia