O'rtoqlik o'yini. Borini dublga erishgan bahsda “Karagyumruk” jangovar durang o'ynadi. Shukurov esa norasmiy debyut qildi

Eldor Akmurzayev
31 iyul 2022, 07:55
Turkiya Superligasi yangi mavsumiga tayyorgarlik ko'rayotgan “Karagyumruk” quyi divizion vakili “Sakaryaspor”ga qarshi o'rtoqlik uchrashuv o'tkazdi.

Bahsda 3:3 hisobi qayd etildi. O'yinning 64-daqiqasida Otabek Shukurov zaxiradan maydonga tushib, yangi jamoasida norasmiy debyutini o'tkazdi.

Eslatib o'tamiz, Andrea Pirlo shogirdlari chempionat doirasida ilk tur uchrashuvini 7 avgust (21:15)da “Alanyaspor”ga qarshi o'tkazadi.

“Sakaryaspor” – “Karagyumruk” 3:3 (2:1, 1:2)

“New Sakarya Ataturk Stadium” stadioni

Gollar: Hoqon Yovuz 8, Yumit Kurt 13, Ozan Sop 59 – Mbaye Diane 43, Fabio Borini 52, 53

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia