Rasman: “Milan” vingeri A Seriyaning boshqa jamoasiga o'tdi

Eldor Akmurzayev
14 yanv 2020, 19:38
“Milan” a'zosi Fabio Borini faoliyatini “Verona”da davom ettiradi.

U erkin agent sifatida “rossonerilar”ni tark etdi.

28 yoshli vinger 2018 yilning yozida “Sanderlend”dan 7 mln. evro evaziga Milan shahri jamoasiga transfer qilingandi. Italiyalik futbolchi joriy mavsum A Seriyada 2 o'yinda qatnashdi. 

Ma'lumot o'rnida, “Verona” chempionatning 18 turidan keyin 25 ochko to'plagan holda 9 o'rinda bormoqda. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/HellasVeronaFC