Origi safdan chiqdi

22 apr 2016, 00:26
"Liverpul" hujumchisi Divok Origi "Everton"ga qarshi o'yinda jarohat olib maydonni tark etgandi.


Futbolchining jarohati ancha jiddiy. Funes Mori bilan bo'lgan to'qnashuvda Origi oyog'ini jarohatlab olgandi. Hujumchi 4-6 hafta oralig'ida safga qaytishi taxmin qilinmoqda. Origi Belgiya terma jamoasi safida Yevropa chempionatiga borishi so'roq ostida. Agarda Origi chempionatga qadar jarohatidan forig' bo'lsagina Fransiyada o'tadigan musobaqada ishtirok etishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Independent