“Oq-tepa”: Matbuot anjumaniga taklif qilamiz

Narzulla Saydullayev
27 mar 2015, 15:35
Yangi mavsumga tayyorgarlikni 2 yanvardan boshlagan “Oq-tepa” 4 aprel kuni ilk rasmiy uchrashuvini o'tkazadi.
“Oq-tepa” yangi mavsumda ham o'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'ygan. Shu munosabat bilan 1 aprel kuni matbuot anjumani tashkil etiladi. Anjumanda klubi rahbari va bosh murabbiy OAV xodimlarining savollariga javob qaytaradi. Qolaversa, jamoaning yangi uch nafar a'zosi bilan ham suhbatlashish imkoni bo'ladi.

Matbuot anjumani 1 aprel, chorshanba kuni “Oq-tepa” stadioni anjumanlar zalida tashkil etiladi. Tadbir 11:30da boshlanadi.

Barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini matbuot anjumaniga taklif qilamiz!

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: oq-tepa.uz