“Oltin to'p-2023” uchun da'vogarlarning yangi reytingi e'lon qilindi va unda yetakchi o'zgarmadi

Eldor Akmurzayev
20 dek 2022, 09:35
“Goal” 2023 yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar ro'yxatini yangiladi.

Unda o'tgan reytingdagi kabi Lionel Messi yetakchi sifatida qayd etilgan. Shuningdek, ilk bor top-20 ro'yxatga “Aston Villa” hamda Argentina TJ a'zosi Emiliano Martines (20-o'rin) va “Benfika” yarim himoyachisi Enco Fernandes (14-o'rin) kiritildi.

Top-10 esa quyidagicha:

1. Lionel Messi (PSJ)

2. Kilian Mbappe (PSJ)

3. Erling Xoland ("Manchester Siti")

4. Neymar (PSJ)

5. Robert Levandovski ("Barselona")

6. Vinisius Junior ("Real")

7. Kevin De Bryuyne ("Manchester Siti")

8. Xulian Alvares ("Manchester Siti")

9. Muhammad Saloh ("Liverpul")

10. Xvicha Kvaratsxeliya ("Napoli")

Amaldagi “Oltin to'p” sohibi Karim Benzema esa kuchli 20 futbolchi orasida yo'q.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal