Olmo Klublar o'rtasidagi JCH haqida: "Mavsumga to'laqonli tayyorgarlik ko'rayotganimizdan xursandmiz"

Administrator
3 iyul 2025, 00:45
Dani Olmo klublar o'rtasidagi jahon chempionatining ishtirokchi jamoalarga ta’siri haqida fikr bildirdi.

"Umid qilamanki, bu ularga salbiy ta’sir ko'rsatmaydi, chunki hech kimga yomonlik tilamayman. Men turnirni ko'p kuzatmadim, chunki o'yinlar juda kech boshlanardi, ammo sharoitlar og'ir. Ularning dam olishiga vaqt kamroq bo'ladi.

Biz esa jahon chempionatidan oldin dam olib, mavsumga to'laqonli tayyorgarlik ko'rayotganimizdan xursandmiz," deydi "Barselona" yarim himoyachisi.

Ma'lumot uchun, "Barselona" Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etmayapti.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Marca