Oliy ligada samaradorlik tushib ketmoqda

Narzulla Saydullayev
11 dek 2017, 14:15
Futbolda eng asosiy narsa bu gol. Gol urmasang g'alaba qozona olmaysan.

Biz o'quvchilarimiz e'tiboriga so'nggi besh yil oliy ligada qancha gol urilganiga qaratmoqchimiz.

Quyidagi jadvalga qarasangiz oliy ligada oxirgi besh yilda gol urish kamayib ketayotganiga guvohi bo'lishingiz mumkin. Bu yil bo'lib o'tgan 233ta o'yinda darvozalarga jami 599ta gol urildi. Har bir o'yinda o'rtacha 2,57tadan gol to'g'ri keladi.

So'nggi 5 yilda eng yuqori ko'rsatkich 2013 yilgi mavsumda kuzatilgandi. O'shanda har bir uchrashuvga o'rtacha 2,99tadan gol to'g'ri kelgandi.


Yil

O'yin

Jami gol

O'rtacha gol

2013

182

544

2,99

2014

182

493

2,71

2015

240

665

2,77

2016

240

644

2,68

2017

233*

599

2,57


Izoh: Bu yil ham aslida 240ta o'yin bo'lib o'tishi kerak edi, biroq "Obod" klubining chetlatilishi bois 7ta o'yinda texnik natija qayd etildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia