Oliy liga. 9-tur. Uchta penalti belgilangan o'yinda "Neftchi" "Obod"ni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
14 may 2016, 18:40
Oliy liganing 9-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Obod" uchrashuvi yakunlandi.

Farg'onadagi o'yinning birinchi bo'limida hisob ochilmadi. 58-daqiqada mehmonlar darvozasiga penalti belgilandi. Sherzod Hakimovning yo'llagan zarbasidan so'ng Davron Jo'raqulov to'pni qaytardi va hisob ochilmay qoldi.

64-daqiqada Abbos Maxstaliev penalti ishladi. Bu safar Shukurali Po'latov 11 metrli jarima to'pidan gol urdi - 1:0.

Oradan ko'p o'tmay mezbonlar darvozasiga penalti belgilandi. Pavel Solomin tomonidan yo'llagan zarbani O'tkir Yusupov qaytardi. Shunday qilib "Neftchi" o'z uyida g'alabaga erishdi.


Neftchi (Farg'ona) – Obod (Toshkent) 1:0
14 may 2016. Qirguli. "Neftchi SK" stadioni.
Hakamlar:
V. Serazetdinov (Toshkent), A. Sapenko (Toshkent vil.), A. Snetkov (Toshkent vil.), B. Yulcharaev (Guliston)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
Gol: Shukurali Po'latov 64 penalti, - 1:0 (Abbos Maxstaliev).

Amalga oshirilmagan penaltilar: Sherzod Hakimov 58 (darvozabon), Pavel Solomin 67 (darvozabon)

"Neftchi": 1.O'tkir Yusupov, 3.Shukurali Po'latov, 7.Mansur Saidov, 8.Umidjon Qodirov, 9.Sherzod Hakimov (6.Baxtiyor Yoqubov, 82), 11.Abbos Maxstaliev, 18.Javohir Rasulov, 20.Dilyorbek Ermatov, 22.Alisher Samatov, 26.Otabek Isroilov (10.Murod Bobojonov, 61), 32.Jahongir Mehmonov.
Zaxira: 35.Abdumavlon Abdujalilov, 2.Sardor Qulmatov, 15.Husniddin G'ofurov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 44.Islom Toshpo'latov.

"Obod": 91.Davron Jo'raqulov, 2.Abror Husinov, 4.Xurshid G'iyosov, 6.Sherzod Jalilov, 7.Javohir Qahramonov (24.Vladislav Nuriev, 77), 8.Doniyor Hasanov, 9.Pavel Solomin, 10.Alisher Azizov (13.Umid Matmusaev, 70), 11.Shoxruz Norxonov, 14.Akbar Xodjaev, 23.Javlon Iskanderov.
Zaxira: 12.Dilshod Hamroev, 3.Ilhom Komilov, 19.Abbos Ikromov, 20.Alisher Mirzaev, 27.Humoyun Abdualimov.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia