Olimpiya o'yinlari saralashiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston terma jamoasi Marokashga uchib ketadi

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2024, 19:21
Midori Xonda boshqaruvidagi O'zbekiston ayollar terma jamoasi Parij-2024 3-saralash o'yinlari doirasida 2ta bahs o'tkazadi.

Ushbu bahslar Avstraliyaga qarshi bo'lib o'tadi.

Muhim bahslarga reja asosida tayyorlanish maqsadida yig'inga kirishgan ayollar terma jamoasi ertaga, 28 yanvar kuni Marokashga uchib ketadi. Ular Rabot shahrida 1 va 8 fevral kunlari Marokash ayollar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishadi.


Yig'inda ishtirok etayotgan futbolchilar:

Maftuna Jonimqulova, Kumushoy G'ulomova, Nilufar Baxtiyarova, Feruza Boboxo'jaeva, Maftuna Shoyimova, Shohida Tojiddinova, Madina Hikmatova, Nafisa Nabiqulova, Sevinch Qo'chqorova, Dilrabo Asadova, Nozimaxon Ergasheva, Madina Vohidova, Umida Zoirova, Gulzoda Amirova, Ilvina Ablyakimova, Maftuna Panjieva, Nilufar Kudratova, Aziza Norboeva, Zarina Mamatkarimova, Zarina Norboeva, Diyoraxon Habibullaeva, Lyudmila Karachik, Leyla Rustullaeva, Setora Takaboeva.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ufa.uz