Oliy liga-2014. "Nasaf" eng ko'p penalti tepgan jamoaga aylandi

Narzulla Saydullayev
25 avg 2014, 13:43
Oliy liganing 17 turida hakamlar jami 28 bor penalti belgilashdi.
Futbolchilar shulardan 18tasini golga aylantirishdi. Yani 10 bor penaltidan so'ng to'p darvozaga kirmagan.

Hozircha Qarshining "Nasaf" klubi eng ko'p penalti tepgan jamoa bo'lib turibdi - 5ta. "Buxoro" va "Dinamo" klublari 17ta tur davomida biron marta ham penalti tepishmagan.

Farg'onaning "Neftchi" klubi futbolchilari 3 marta penaltini amalga oshirishgan. Qizig'i ularning hech biri golga aylanmagan.

Bugunga qadar "Buxoro" darvozasi tomon 7 bor penalti belgilandi. Ularning 3tasi golga aylandi.

"Metallurg", "Nasaf", "Paxtakor" va "Lokomotiv" darvozasi tomon umuman penalti belgilanmagan.

Ma'lumot uchun, 2013 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra eng ko'p penaltini "Bunyodkor" klubi futbolchilari tepishgandi - 8ta.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia