Oliy liga-2013 yakunlari. Eng kam sariq kartochka olgan - "Metallurg"

Narzulla Saydullayev
21 noya 2013, 16:52
"Metallurg" klubi haqidagi ma'lumotlarni berishda davom etamiz.
Bu yil "Metallurg" mavsum davomida 36ta gol urdi, shulardan 23tasi o'z maydonidagi o'yinlarda urilgan, qolgan 13ta gol safardagi bahslarda urilgan. "Metallurg" ochkolarining asosiy qismini (74 foizidan ko'proq) o'z maydonida bo'lib o'tgan o'yinlarda qo'lga kiritgan. Bekobod klubi 5ta o'yinda to'p o'tkazmagan, 6ta o'yinda esa raqiblar darvozasiga yo'l topa olmadi. Rustam Mirsodiqov bu yil bironta legioner xizmatidan foydalanmadi. Jamoa 28ta sariq kartochka oldi, bu oliy ligada eng past ko'rsatkich bo'ldi.

Quyidagi jadvalda klubning bu mavsumdagi qayd etgan natijalari keltirilgan.

Bugun yana "Metallurg" haqida maqola kuting. 

O'yinlar soni

26

Gollar

36

Uydagi gollar

23 (63.89%)

Mehmondagi gollar

13 (36.11%)

O'tkazib yuborilgan gollar

45

Uyda o'tkazilgan gollar

16 (35.56%)

Mehmonda o'tkazilgan gollar

29 (64.44%)

O'rtacha har bir o'yinda gol

1.38

O'rtacha har bir o'yinda o'tkazilgan

1.73

Uydagi jamg'arilgan ochko

29/39 (74.36 %)

Mehmondagi jamg'arilgan ochko

4/39 (10.26 %)

Eng yirik g'alaba

5:3 – Guliston

Eng yirik mag'lubiyat

0:4 – Lokomotiv

Quruq o'yinlar

5 (19.23%)

Golsiz o'yinlar

6 (23.08%)

Irodali g'alabalar

1

Irodali durang

1

Irodasiz mag'lubiyat

3

Irodasiz durang

0

Yirik g'alabalar

0

Yirik mag'lubiyat

3

Avtogollar (urilgan/o'tkazilgan)

0/0

Ogohlantirishlar (o'rtacha)

28 (1.08)

Chetlatish (o'rtacha)

2 (0.08)

Maydonga tushganlar (legioner)

23 (0)

Tomoshabin (jami/o'rtacha)

96132 / 3697

 

Narzulla Saydullaev tayyorladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia