OKMK nazorat o'yinida Pro liga jamoasidan 3 ta gol qabul qilib oldi

Sherzod Nurmatov
26 fev 2024, 17:05
Olmaliqning OKMK jamoasi Pro liga vakili "Mashal"ga qarshi nazorat bellashuvida qatnashdi.

Yopiq tarzda kechgan uchrashuvda Mirjalol Qosimov shogirdlari Asror Aliqulov qo'l ostidagi jamoaga mag'lub bo'ldi. Muborakliklar ustunligi ostida kechgan o'yinda Aliqulov shogirdlari 3 ta to'p kiritishdi, gollar mualliflari – Nurjahon Muzzaffarov, Rustam Abduhamidov, Anvar Murodov. OKMK o'yin yakuniga kelibgina hisobni qisqartirishga erishdi, bu golga Nodir Abdurazzoqov mualliflik qildi.  

OKMK – "Mashal" 1:3

OKMK: Javohir Ilyosov, Avazbek O'lmasaliev, Sardor Rahmonov, Akram Komilov, Dilshod Ahmadaliev, Mirjamol Qosimov, Oybek Rustamov, Xurshid G'iyosov, Arixiro Sentoku, Milyan Shkrbich, Irakli Ruxadze.

"Mashal": Umid Hamroev, Muhammadali Namozov, Shahboz Jo'raev, Asil Begimqulov, Javohir Abdualimov, Humoyun Murtozaev, Ibrohim G'anixonov, Rustam Abduhamidov, Islom Baratov, Nurjahon Muzaafarov, Maykl  Babatunde.



Ma'lumot o'rnida, OKMK Superliga 1-turida 3 mart kuni "Andijon" bilan bellashsa, "Mashal" Pro liga ilk turini 12 mart sanasida "Qo'qon-1912"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia