OK-2019. BAA o'zida o'tadigan musobaqaga "yetib keldi" + FOTO

Tolibjon Qosimov
3 yanv 2019, 13:38
5 yanvar kuni Osiyo kubogi-2019 start oladi. Ishtirokchi jamoalar birin-ketin amirliklarga kelishmoqda.

Osiyo Kubogi-2019. BAA terma jamoasining formasi taqdimoti FOTO + VIDEO

Kecha BAA terma jamoasi o'z mamlakatida o'tadigan musobaqaga "yetib keldi". Hayron bo'lmang, Alberto Zakkeroni boshchiligidagi BAA Abu Dabidagi "Saadiyat" mehmonxonasiga joylashdi va bu jarayonni xuddi musobaqaga yetib kelayotgan boshqa terma jamoalar kabi yoritdi.

Musobaqa davomida mezbon terma jamoani olib yuradigan avtobus.


BAAning asosiy yulduzlaridan biri Ahmad Halil.


Eslatib o'tamiz, BAA OK-2019ning "A" guruhida Tailand, Hindiston va Bahrayn terma jamoalari bilan bahs olib boradi. 1-turda mezbonlar 5 yanvar kuni Bahraynga qarshi bellashishadi. Uchrashuv Abu Dabida o'tkaziladi va 21:00da start oladi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/uaent2019