OFK so'rovnomasi tugadi. Arveladze ikkinchi bo'ldi

Xayrulla Xoliqov
14 noya 2020, 20:40
OFK sayti Osiyo chempionlar ligasi G'arb mintaqasi jamoalarini boshqarayotgan murabbiylar orasida eng yaxshisini aniqladi.

Bunda to'rt nafar murabbiy tanlab olingani haqida xabar bergandik. Bular - Rui Vitoria ("Al Nassr", Saudiya Arabistoni), Vladan Miloyevich ("Al Ahli", Saudiya Arabistoni), Yahyo Gulmuhammadi ("Persepolis", Eron) hamda Shota Arveladze ("Paxtakor", O'zbekiston).

So'rovnoma yakunlariga ko'ra, OCHL finaliga chiqqan "Persepolis" bosh murabbiyi Yahyo Gulmuhammadi 52,45 foiz ovoz to'plab birinchi bo'ldi. Musobaqaning chorak finaliga qadar yetib borgan "Paxtakor" ustozi Shota Arveladze 41,39 foiz bilan ikkinchi o'rinni band etdi. 

Rui Vitoria 5,18 foiz ovoz to'plagan bo'lsa, Vladan Miloyevich 0,98 foiz bilan oxirgi bo'ldi. Shuni aytish mumkinki, eronliklar ishtirok etadigan so'rovnomalarda birinchi bo'lish juda imkonsiz. Lekin Shota Arveladzening 41,39 foiz ovoz to'plagani tahsinga loyiq.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com