OFK Kubogi. "Nasaf" "Xo'jand" ustidan yirik g'alabaga erishdi va peshqadamlikni mustahkamlab oldi

Aziz Tukhtamuradov
17 may 2021, 22:54
OFK Kubogi 2-tur doirasida "Xo'jand" hamda "Nasaf" jamoalari o'rtasidagi o'yin matnli translyatsiyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

OFK kubogi-2021
17 may 2021 yil. Dushanbe. "Respublika Markaziy" stadioni. 21:05 ("Futbol TV")
Bosh hakam:
Ahmad Al Ali (Kuvayt)
Qanot hakamlari: Abdulhadi Alanezi (Kuvayt), Sabet Obaid Suroor Sabet Al-Ali (BAA)
Zaxira hakami: Omar Mohamed Ahmed Hassan Alali (BAA)
Komissar: Rashid Mahboub Al-Dosari (Qatar)
Nazoratchi: Holid Rashid Salim Abdulla Alallan (Bahrayn)

"XO'JAND" (TOJIKISTON) - "NASAF" (O'ZBEKISTON) 0:3 

Gollar: Akmal Mozgovoy 9', Husniddin Aliqulov 42', Shyerzod Nasrullaev 45+1' 

"Xo'jand": 88. Aleksey Matrosov, 7. Artyom Syerdyuk, 10. Dilshod Bozorov, 12. Ehson Boboev, 13. Nozim Bobojonov, 18. Dalyer Yodgorov, 20. Samandar Ochilov, 21. Firdavs Chakalov, 66. Naimjon Ibrohimzoda, 70. Abdulmo'min Zabirov, 77. Grek Maksim.

Zaxira: 1. Dalyerjon Barotov, 4. Parviz Boqiev, 6. Xojiboev Ziyoev, 8. Baxtiyor Choriev, 9. Parviz Boqi Ohunov, 14. Tohir Malado'stov, 16. Suhrobxo'ja Yusupov, 73. Alishyer Barotov, 99. Firuz Xolmatov.

"Nasaf": 35. Abduvohid Ne'matov, 4. Husniddin Aliqulov, 5. G'olib G'aybullaev (8. Dilshod Saitov, 62), 19. Husayin Norchaev ( 25. Muxriddin Zoirov, 62), 20. Suhrob Nurulloev (55. Shahzod Akramov, 76), 22. Akmal Mozgovoy, 34. Shyerzod Nasrullaev (15. Jo'rabek Mannonov, 62), 50. Shohmalik Komilov (70. Abubakr Rizo Turdialiev, 78), 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoevich, 92. Umar Eshmurodov.

Zaxira: 1. Umidjon Ergashev, 13. Azamat Soyibov, 14. Shokir Yo'ldoshev, 28. Sardor Sadullaev, 71. Jasur Jumaev.

Ogohlantirish: Nozim Bobojonov (70).

Bahs yakunlandi!  G'alaba muborak, qadrli vatandoshlar! 

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib byerildi. 

88. "Nasaf" so'nggi daqiqalarni ham hujumda o'tkazyapti. Ofarin!

85. "Xo'jand"da 2 ta o'zgarishga qo'l urildi. Yodgorov va Maksim maydonni tark etdi, Xolmatov va Choriev o'yinga qo'shildi.

83. "Nasaf" to'pni o'zida saqlab turibdi, Bozorov va Turdialiev markazda faollik namoyish qilishdi.

79. Zarba!  Zoirovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi. 

78. "Nasaf"da o'zgarish: Shohmalik Komilov o'rniga Abubakr Rizo Turdialiev maydonga tushdi. 

76. "Nasaf"da almashtirish: Nurulloev o'rniga Akramov tushirildi. 

74. O'yin asosan maydon markaziga kechmoqda va keskinlik ham oshdi.

71. "Xo'jand" safida bir nechta o'zgarishlar amalga oshirildi. 

70. Bobojonov Mozgovoyga nisbatan qo'pollik ishlatgani bois sariq kartochka oldi.

69. "Xo'jand"ning hujumi noaniq harakat tufayli to'xtab qoldi. 

67. Ibrohimzodaning uzoq masofadan byergan zarbasi kuchsiz chiqdi.

65. Stanoevchi burchak to'pini o'yinga kiritdi, himoyachilar to'pni qaytarishdi. 

62. "Nasaf"da 3 ta o'zgarish: G'aybullaev o'rniga Saitov, Nasrullaev o'rniga Mannonov, Norchaev o'rniga Zoirov tushdi. 

60. Bozorov o'zining chalg'ituvchi harakatlari bilan Chakalovni aldadi va markazga pas uzatdi, to'pga esa Matrosov ega chiqdi. 

59. Aliqulov hujumda qo'pollik ishlatdi deb topildi. Keyingi vaziyatda Syerdyuk ofsaydda qolib ketdi. 

57. Nasrullaev va Syerdyuk o'zaro qo'pollikdan so'ng tortishib ketishdi, hakam futbolchilarni ajratdi. 

55. Nurulloev ichkariga kirib borib, shyerigi tomon pas byerdi, Bozorovning zarbasi o'xshamadi, himoyachilap to'pni uzoqlashtirishdi. 

53. Nurulloevnning ajoyib pasidan keyin Aliqulov va darvozabon to'qnash kelishdi, Husniddinning zarbasini darvozabon qaytardi, burchak zarbasi. 

51. Ehson Boboevning zarbasi ancha noaniq ketdi. 

49. "Xo'jand" vaziyat yaratishga harakat qilmoqda, biroq "Nasaf" himoyachilari ishonchli o'yin ko'rsatishmoqda. 

47. Stanoevichning uzatmasidan so'ng Husniddin Aliqulov bosh bilan zarba yo'lladi, noaniq. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:3. Tanaffus! 

45+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Mozgovoyning pasidan keyin tinib-tinchimas Shyerzod Nasrullaevning o'zi ham gol urishga erishdi – 0:3! 

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi.

45. Nasrullaevning uzatmasidan keyin to'p Stanoevichga yetib keldi, Markoning kuchli zarbasi noaniq ketdi. 

42. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Nasrullaevning havolatib amalga oshirgan pasidan keyin Husniddin Aliqulov bosh bilan gol urdi – 0:2!

39. Mozgovoyning zarbasi!  To'p himoyachiga tegib qoldi. 

37. Uuuuux!  Stanoevich o'z uslubida olis masofadan darvozani nishonga olishga urindi. 

35. Nasrullaev qanotdan tezlik olgan Chakalovni yiqitishga majbur bo'ldi. 

33. Zarba!  Abduvohid Ne'matov darvozani tark etib, to'pni bosh bilan ortga qaytardi, Firdavs Chakalov bo'sh qolgan darvozani ishg'ol etishga urinib ko'rdi, noaniq.

31. Nasrullaev Syerdyukka nisbatan qo'pollik ishlatdi, jarima to'pi. 

30. "Nasaf" futbolchilari ishonchli tarzda o'yin namoyish qilib, o'ziga xos kombinaciya ko'rsatishdi, ammo hozircha samarasiz.  

27. Bozorovga nisbatan qo'pollik ishlatirdi, lekin hakam negadir bunga befarq qaradi. Jarima maydoni chizig'i yonginasida yaxshi standart amalga oshirilishi mumkin edi...

24. "Nasaf" "Xo'jand" himoyasini yorib o'tib, ichkariga kirishga urinyapti. 

22. Stanoevich chap qanotda turgan Shyerzod Nasrullaevni oldinga boshladi, uning uzatmasini himoyachilar bartaraf qilishdi. 

20. Bozorov to'p bilan hujumga intildi, ammo noaniq pas orqali to'pni raqibga topshirdi. 

18. Stanoevichning uzatmasidan keyin G'aybullaev havodagi kurashda Syerdyukka nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

16. Shyerzod Nasrullaev maydon markaziga yaqin hududda Nozim Bobojonovga nisbatan qoidani buzdi. 

15. Husniddin Aliqulov hujumda fol ishlatdi, qarshiliklarning yana bir hujumi shu tariqa o'z nihoyasiga etdi. 

13. Zarba!  "Xo'jand" hujumchisining bosh bilan byergan zarbasidan keyin Ne'matov qoyilmaqom seyv ko'rsatdi! 

12. G'olib G'aybullaev xo'jandliklarning hujumini buzib qo'ydi, u Dilshod Bozorovga imkoniyat qoldirmadi. 

11. Zarbaaa!  Bozorovning aylantirma zarbasiga ozgina aniqlik yetishmadi. 

9. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Husniddin Aliqulovning uzatmasidan keyin Akmal Mozgovoy hisobni ochdi – 0:1! 

8. "Nasaf" burchak to'piga ega bo'ldi, Stanoevichning uzatmasidan keyin himoyachilar to'pni qaytarishdi.

7. Aliqulovning ichkariga uzatmasidan so'ng Bozorov to'pni o'ziga bo'ysundira olmadi. 

5. "Ajdarlar" to'pga egalik qilishmoqda va dastlabki daqiqalardanoq ustunlikni qo'lga oldilar. 

3. Norchaevning urinishi omadsiz chiqdi. 

2. Artyom Syerdyuk Umar Eshmurodov bilan to'qnashuvda biroz lat edi, "Nasaf" "feyr-pley"ga rioya qilib, muxlislar olqishiga sazovor bo'ldi. 

1. O'yin boshlandi! 

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:05da boshlanadi. 

Foto: Tolibjon Qosimov

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia