OFK bolalar va ommaviy futbol kuniga bag'ishlangan futbol festivali o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
16 may 2014, 11:58
16 may, juma kuni O'zbekiston Futbol Federatsiyasi sun'iy qoplamali maydonida 2006-2007 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va 2000-2002 yillarda tug'ilgan qizlar o'rtasida OFK futbol festivali boshlandi.
Ikki kun davom etadigan ushbu festival Osiyo Futbol Konfederciyasi bolalar va ommaviy futbol kuniga bag'ishlangan.

Qayd etish joiz, OFK festivali yosh sportchilarga katta sport yo'lida ilk qadamlarni qo'yishga, shuningdek, ularni OFK bayrog'i ostida o'tadigan bo'lajak musobaqalarga tayyorlash imkonini beradi.

Suratlar muallifi - Hasan Pirmuhamedov (O'FF matbuot xizmati).


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com