

Kecha saytimiz orqali Babayan boshchiligidagi murabbiylar shtabini tarqatib yuborish O'FFning kun tartibida turganini ma'lum qilgan edik.
Samvel Babayan va uning shtabi jahon chempionatiga chiqish vazifasini uddalay olmadi. Shu munosabat bilan O'zbekiston milliy terma jamoasining murabbiylar shtabi butunlay tarqatib yuboriladi. Milliy terma jamoaning keyingi taqdiri haqidagi yangi ma'lumot navbatdagi bayonot orqali ommaga e'lon qilinadi.
O'zbekiston Futbol Federatsiyasi jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgan Eron va Janubiy Koreya terma jamoalarini tabriklaydi va ularga keyingi o'yinlarda omad tilaydi.
Fursatdan foydalanib, O'zbekiston Futbol Federatsiyasi jahon chempionati saralashi davomida to'xtovsiz ravishda qo'llab-quvvatlaganligi va milliy terma jamoaga doimiy ravishda dalda berib turganligi uchun milliy terma jamoamiz muxlislariga cheksiz minnatdorchilik izhor qiladi.



